1

"Yurtimizni bosib olish chog`ida halok bo`lgan 24 nafar rus askari sharafiga..." Toshkentda ta`mirdan chiqqan yodgorlik tarmoqlarda qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi

Madaniyat 27.04.2020, 21:40
"Yurtimizni bosib olish chog`ida halok bo`lgan 24 nafar rus askari sharafiga..." Toshkentda ta`mirdan chiqqan yodgorlik tarmoqlarda qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi

O`tgan hafta Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Kamolon” mahallasida joylashgan tarixiy “Chasovnya” yodgorligi (Georgiy Pobedonoses butxonasi) ta`mirdan chiqarilgani haqida xabar va fotosuratlar poytaxt hokimligi  tomonidan tarqatildi.

Toshkent shahar hokimligining telegram kanalidan skrinshot

Ammo bu xabar jamoatchilikning muhokamalariga sabab bo`ldi. Bu haqda "Zamon.uz" sayti yozadi. 

Jurnalist Rustam Jabborov feysbuk sahifasiga mazkur yodgorlikning ta`mirlanishi haqida post qoldirgan.  Unda jumladan, shunday deyiladi:

“Yaqinda Toshkent shahri hokimligi tomonidan yurtimizni bosib olish chog`ida halok bo`lgan 24 nafar rus askari sharafiga bunyod etilgan Avliyo Georgiy butxonasining qayta ta`mirlanishi haqida turli fikrlar paydo bo`ldi.
Tasavvur qiling, bu bosqin xalqimiz boshiga ne-ne kunlarni solmadi. Nahotki, ozodlik uchun jon bergan o`n minglab ajdodlarimizni, kuli ko`kka sovrilgan shaharu qishloqlarimizni, yondirilgan, yo`q qilingan madaniy boyliklarimizni, toptalgan dinimiz, qadriyatlarimiz, tarixiy merosimini esdan chiqarish shu qadar oson bo`ldi?
Vatan deb, iymon deb, or-nomus deb jon bergan shahid ketgan bobolarimizga munosib ko`rilmagan bunday sharaf ne ajabki, ularni beayov qirgan, otgan, osgan, badarg`a qilgan zolimlarga nasib qilgan bo`lsa? Albatta, biz rus xalqining Pushkin, Tolstoy, Chexov, Gogol, Griboedov, Esenin singari buyuk daholari oldida hamisha ta`zimdamiz. Ularning xotirasini qancha ardoqlasak arziydi. Ammo Vatanimizni poymol qilgan bosqinchilarni emas…
Avvalo, butun dunyo, jumladan bizning xalqimiz ham pandemiyadan aziyat chekib, koronavirusga chalinganlar ortib borayotgan, yuz minglab oilalar karantin tufayli daromad manbaidan ayrilgan, davlat iqtiisodiyoti xavf ostida turgan bir paytda, milliardlab mablag` evaziga bu yodgorlikni tiklash shunchalik zarurmidi? (Garchi bu tashabbus ancha oldinroq boshlangan bo`lsa-da) Shunday vaziyatda ham bunyodkorlikni unutmagan ekanmiz, obod qilinishi, tiklanishi, ta`mirlanishi lozim bo`lgan boshqa muassasalar, ta`lim-tarbiya maskanlari yo`qmidi? Bu mablag` evaziga tang ahvolda qolgan minglab oilalarga yordam ko`rsatish mumkin edi-ku?” deb yozadi jurnalist.

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov esa bu qabrni ta`mirlanganligida foyda bor deb hisoblaydi. 

“Bu erga farzandlaringizni olib boring. Ko`rsating va eslang! Qachonlardir bizni bosib olishgan va g`ururimizni, yurtimizni toptashgan. Tartib bilan tizib qo`yilgan zambaraklarning o`qini qo`l bilan ushlab ko`rishsin. Arzimas chaqaga tayyorlangan qo`rg`oshin quymasi va zambaraklarni dushmanlardan karrasiga ko`proq sotib olish uchun tillasi bo`lib turib belkurak va nayza bilan ximoyalangan ozodlik… 

Bugun xatolarni takrorlamaslik uchun kechani tahlil qilish, xulosalarni to`g`ri chiqarish kerak. Olimlarimiz ixtiro qilishsin, talabalarimiz ilm olishsin, tadbirkorlarimiz serharakat bo`lishsin, davlat xizmatchilari fidoiy va halol bo`lsinlar. Oilalarimiz mustahkam bo`lsin, farzandlarimiz sog`lom va g`ururli tarbiya ko`rsinlar. Har birimiz ishimizni masul va maromida bajaraylik. Shunda biz ham Amir Temurni Oltin O`rdaga yakun yasab, tarixni yangi o`zaniga asos solgan maydonlariga borib eslatmalar tikamiz.

Mamlakat va millatni behuda va befoyda shovqin bilan emas, qaynoq yurak va sovuq tafakkur bilan asrashni o`rganishimiz kerak!” deydi deputat.

Foto: Yuriy Korsunsev

Bugun O`zbekiston madaniyat vazirligi matbuot xizmati ta`mirdan chiqqan ushbu yodgorlik haqida quyidagi ma`lumotlarni taqdim etdi:

“O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2019 yil 11 noyabrdagi “Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan quridish va obodonlashtirish ishlari bo`yicha sayyor yig`ilish” to`g`risidagi 01-05/121-1-sonli bayonining 18-bandida “Toshkent shahri, Samarqand darvoza, Oftob ko`chasida joylashgan Chasovnya Svyatogo Georgiya Pobedanossa” qadimiy meros ob`ektini rekonstruksiya qilish va hududni obodonlashtirish  ishlarini tashkil etish belgilangan. 

Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Kamolon” mahallasida joylashgan tarixiy yodgorlik “Chasovnya” hududiga 1886 yilda 24 nafar rus askarlari dafn etilgan. Bir qavatdan iborat bino yillar davomida ta`mirlanmagan. 

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert komissiyasi loyiha ishlariga xulosa bergan hamda “Meros chashmasi” DUK loyihalash tashkiloti tomonidan loyiha ishlari amalga oshiririlgan.

Uning ta`mirlash ishlari Toshkent shahar xokimligi tomonidan yollangan “Ijod-ijod” xususiy korxonasi mutaxassislari rekonstruksiya  ishlarini olib borgan. Ob`ekt ta`mirlanishiga V.L.Galperin nomidagi “Toshkent truba zavodi” homiylik qilgan.

Mazkur ob`ekt Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi qarorining 1-ilovasiga muvofiq, Milliy ro`yxatiga kiritilmagan. Navbatdagi moddiy madaniy meros ob`ektlarini qayta xatlovida “Chasovnya Svyatogo Georgiya Pobedanossa” qadimiy ob`ekti ro`yxatiga qayta kiritilishi rejalashtirilgan”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1