1

O`zbek ayol xonandalari ham "Ramazon" chellenj qo`shig`ini kuylashdi

Madaniyat 28.04.2020, 15:47
O`zbek ayol xonandalari ham "Ramazon" chellenj qo`shig`ini kuylashdi

Ramazon oyi yaqinlashishiga bir necha kun qolganida o`zbek xonandalari tomonidan "Ramazon" nomli qo`shiq chellenj tarzida aytilgani va bu qo`shiq hatto, xorijiy davlatlarda ham ommalasha boshlagani haqida yozgan edik.

Eslatib o`tamiz:

Qo`shiq, o`zbek shou-biznesining erkak xonandalari tomonidan kuylangan bo`lib, har bir qo`shiqchi qo`shiqni o`z xonadonida aytgan va chellenjlardan tashkil topgan kadrlar bir butun holatda aks ettirilgan. Mazkur video ketmaketlik internetda e`lon qilinishi bilan qisqa fursatda keng ommalashdi.  Xususan, mashhur turk xonandasi Ibrahim Tatlisas o`zining instagramdagi shaxsiy sahifasida o`zbekcha “Ramazon" qo`shig`ini havola etgan edi. 

Ushbu yoqimli qo`shiq kuni-kecha o`zbek san`atining ayol vakillari tomonidan qayta ijro etilib yangi chellenjga aylandi. 

Unda, O`zbekiston xalq artisti Munojaat Yo`lchieva, Zalayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ozoda Nursaidova, Hosila Rahimova, Mavluda Asalxo`jaeva, Ziyoda Qobilova, xonandalar Yulduz Turdieva, Dildora Niyozova, Munisa Rizaeva, Dilso`z, Umidaxon va aktrisa Shahlo ishtirok etishgan. 

Ma`lumot o`rnida:

“Ramazon” qo`shig`ining she`ri Abror Muhtor Ali, musiqasi Iqbol Muhammadga tegishli. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1