1

Norin tumanida 21 yoshli qiz o`z amakisiga pichoq bilan og`ir tan jarohati etkazdi (Video)

Jinoyat 30.04.2020, 14:37
Teglar: Video
Norin tumanida 21 yoshli qiz o`z amakisiga pichoq bilan og`ir tan jarohati etkazdi (Video)

Namangan viloyati, Norin tumanida ham Koronavirus pandemiyasi paytida fuqarolarning tartib-qoidalarga rioya qilishlari, fuqarolarning jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish borasida kunu tun targ`ibot ishlari va reydlar o`tkazilmoqda. Bu haqda Namangan viloyat IIB xabar berdi.

Biroq olib borilayotgan qat`iy chora-tadbirlarga qaramasdan, shu yilning 17 aprel kuni tumandagi xonadonlardan birida arzimagan ish ortidan katta janjal kelib chiqdi. Shu kuni soat 12.00 da Norin tumanida yashovchi, 21 yoshli qiz, o`zining yashash uyida, birga yashovchi 37 yoshli amakisiga “Yuvgan kiyimlaringning mag`zavasini o`zing tozalab qo`y”, deb janjal ko`taradi. 

O`zidan 16 yosh kichik bo`lgan jiyanining gaplarini ko`tara olmagan amaki esa qizni haqorat qiladi. Qiz oshxonada turgan xo`jalik pichog`ini olib, amakisiga tashlanadi va uning ko`krak qafasi, orqa o`ng elkasiga urib, qasddan og`ir tan jarohati etkazadi. Vaqtida ko`rsatilgan tez-tibbiy yordam natijasida erkakning hayoti saqlab qolindi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1