1

Samarqand va Surxondaryoda yana 5 nafar bemor sog`aydi

Salomatlik 30.04.2020, 18:30
Samarqand va Surxondaryoda yana 5 nafar bemor sog`aydi

Samarqand viloyatida 3 nafar, Surxondaryo viloyatida esa 2 nafar, jami 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib chiqdi. Ular viloyatlar sog`liqni saqlash boshqarmalari mas`ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.Bu haqda SSV xabar berdi.

Samarqandda sog`ayganlarning 1 nafari 39 yoshli erkak,  qolgan 2 nafari esa 39 yoshli va 18 yoshli ayollar bo`lib, barchasi ushbu viloyatdan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, kasallikni yuqtirib olgan.  

Surxondaryoda tuzalib chiqqanlar 31 yoshli va 30 yoshli erkaklar bo`lib, ikkisi ham Qashqadaryo viloyatidan. Joriy yil 27 mart kuni Moskva-Termiz yo`nalishida charter reysda kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.  

Viloyatda shu paytga qadar 18 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 20 nafarga etdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar soni 1108 nafarni tashkil etmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1