1

Shavkat Mirziyoev sirdaryolik jabrlanganlardan ko`ngil so`rab, Toshkentga qaytdi

Siyosat 02.05.2020, 22:04
Shavkat Mirziyoev sirdaryolik jabrlanganlardan ko`ngil so`rab, Toshkentga qaytdi

Shavkat Mirziyoev Sardobadagi favqulodda hodisa sababli Guliston shahriga evakuasiya qilingan odamlar bilan muloqot qilib, ulardan ko`ngil so`radi, deya xabar beradi Prezident matbuot xizmati. 

Muloqotda davlat rahbari hech kim e`tibordan chetda qolmasligini, hammaga g`amxo`rlik ko`rsatilishini ta`kidlagan.

Hukumat komissiyasiga berilgan ko`rsatmalar asosida suv bosgan hududlarni tozalash, qurilish va ta`mirlash, turmush maromini yo`lga qo`yish bo`yicha uzluksiz ish davom etmoqda. 

Prezident 2 may tunda Toshkentga qaytib keldi.

Foto: prezident.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1