1

O`zbekiston va Qozog`iston prezidentlari Sardobadagi hodisa yuzasidan telefonda suhbatlashdi

Siyosat 02.05.2020, 22:53
O`zbekiston va Qozog`iston prezidentlari Sardobadagi hodisa yuzasidan telefonda suhbatlashdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 may kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa bilan bog`liq joriy vaziyatni hamda uning mamlakatlarimiz chegaraoldi hududlaridagi oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha yaqin hamkorlikni tashkil etish masalalarini batafsil muhokama qildi.

Prezidentlar hukumatlarga ishni muvofiqlashtirgan holda ta`minlash va yuzaga kelayotgan barcha masalalarni tezkor hal qilish bo`yicha topshiriq berdi.

"Tengrinews" xabariga ko`ra, 2 may kuni Qozog`istonning Turkiston viloyati Maqtaorol tumanida favqulodda holat e`lon qilindi. Bunga 1 may kuni tongda O`zbekistonning Sardoba tumanidagi "Sardoba" suv ombori dambasidan suv toshishi sabab bo`ldi. 

Toshqin oqibatida Maqtaorolning chegaradosh bir necha kollektortorlari suvga to`lgan. Natijada suv toshgan. Suv aholi yashash punktlari va dalalarga yoyilgan. Shu sababli Jenis, Jana To`rmis, Sardoba va Nurli Jo`l qishloqlarining 5400 nafar aholisi evakuasiya qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1