1

Bugun Buxoroda yana 7 nafar bemor sog`aydi

Salomatlik 03.05.2020, 14:33
Bugun Buxoroda yana 7 nafar bemor sog`aydi

Bugun Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 7 nafar bemor to`liq sog`aydi. Ular viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi mas`ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi, deb SSV xabar berdi.

Shifo topganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, 2 nafar bemor Farg`onadan, 1 nafardan – Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari va Toshkent shahridan. Ularning barchasi erkak bo`lib, eng yoshi kattasi 41 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 16 yosh ekani aytilmoqda.

Buxoro viloyati bo`yicha shu paytga qadar 325 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 332 nafarga etdi.  

Shu soatgacha  mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar soni 1278 nafarni tashkil etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1