1

Andijon va Farg`onada yana 11 nafar bemor sog`aydi

Salomatlik 03.05.2020, 20:33
Andijon va Farg`onada yana 11 nafar bemor sog`aydi

Shu soatlarda bir yo`la ikki viloyatda: Andijonda 8 nafar va Farg`onada 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog`aydi. Ular viloyat sog`liqni saqlash boshqarmalari mas`ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi, deb xabar berdi SSV.

Shunday qilib, bugunning o`zida 48 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar 1319 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o`tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2136 nafarni tashkil qilib, sog`aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 807 nafar bemor davolanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1