1

"O`zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi Buxorodagi tabiiy gaz qazib chiqarish va etkazib berish ob`ektlaridagi muammolarni o`rgandi

Iqtisodiyot 06.05.2020, 16:56
"O`zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi Buxorodagi tabiiy gaz qazib chiqarish va etkazib berish ob`ektlaridagi muammolarni o`rgandi

"O`zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev Buxoro viloyati hududiga Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli "Uchqir" majmuasi hududidagi qurilish maydonlarida bo`lib, uglevodorodlar qazib chiqarish prognoz ko`rsatkichlarini bajarilishi, tabiiy gaz qazib chiqarish va etkazib berish tizimidagi muammoli masalalarni o`rgandi. Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tabiiy gaz qazib chiqarishda, tabiiy tushishni oldini olish va tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlarini ko`paytirish maqsadida "Uchqir" siquv kompressor stansiyasini qurilish ishlari 2020 yil may oyida yakunlanib, ishga tushirilishi kerakligi borasida topshiriqlar berildi. 

Boshqaruv raisi mas`ullarga siquv kompressor stansiyasining qurilish montaj ishlarini jadallashtirish, ishlarini amalga oshirish (Pusko-naladka ishlari) uchun "COVID-19" koronavirus pandemiyasi sababli O`zbekistonga kela olmagan "SIEMENS" kompaniyasi mutaxassislari bilan videokonferensiya orqali hamkorlik qilish kerakligi bo`yicha vazifalarni belgilab berdi.

Tabiiy gaz tarkibidan "Propan-butan aralashmasini ajratib olish" qurilmasini qurilish ishlarini tezlashtirish maqsadida barcha texnik resurslarni sotib olish uchun shartnomalarni qisqa muddatda tuzish hamda etkazib kelishni tezlashtirish alohida ta`kidlab o`tildi.

"Uchqir gaz siquv stansiyasi va “Propan butan ajratish" qurilmasi ishga tushirilishi natijasida, kunlik qazib chiqariladigan suyuq uglevodorodlarning miqdori keskin oshishini inobatga olib transport xarajatlarini qisqartirish lozim.

Shuni inobatga olib Boshqaruv raisi "O`zLITIneftgaz" AJ mutaxassislari bilan birgalikda kompleksgacha temir yo`l vetkasini qurish ishlarini tashkillashtirish bo`yicha ham ko`rsatmalar berdi.

"Uchqir" majmuasidagi qurilish ishlari olib borilayotgan laboratoriya binosini qurilish ishlarini may oyining yakuniga qadar tugatish, "To`maris" konida qurilishi olib borilayotgan "Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi" qurish ishlarini esa 2020 yilning 20 may sanasigacha tugatish kerakligi aytildi.

Boshqaruv raisi "Gazli neft va gaz qazib chiqarish" boshqarmasi rahbariyati oldiga, ishlarni samarali va sifatli bajarish barobarida karantin qoidalariga to`liq rioya etilishi kerakligi, oddiy-ishchilar uchun esa barcha sharoitlarni yaratish kerakligini aytib bu borada belgilangan muddatlarda hisobot berilishi kerakligini ta`kidladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1