1

Endi dasturlarni ishlab chiqish har bir qishloqni rivojlantirishdan boshlanadi

Iqtisodiyot 07.05.2020, 21:55
Endi dasturlarni ishlab chiqish har bir qishloqni rivojlantirishdan boshlanadi

Hududlarni rivojlantirish dasturlarini butunlay o`zgartiriladi. Endi dasturlarni ishlab chiqish har bir qishloqni rivojlantirishdan boshlanadi.  

Buning uchun quyidagi yo`nalishlarda aniq ishlar tashkil etiladi:  

Birinchi yo`nalish – sanoatni rivojlantirishda mavjud xom ashyo chuqur qayta ishlanadi, har bir qishloq, mahalla  va tuman ixtisoslashtiriladi.  

Ikkinchi yo`nalish – joylarda investision va turistik salohiyat oshiriladi, servis xizmatlarini yaxshilash uchun infratuzilma ob`ektlari rivojlantiriladi.

Uchinchi yo`nalish – qishloq xo`jaligida mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash choralari ko`riladi.

Bu haqda 2020 yil 7 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Andijon, Navoiy hamda Surxondaryo viloyatlari tuman va shaharlarining iqtisodiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlari bo`yicha bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishida aytib o`tildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1