1

Toshkentdagi Farhod avtomobil ehtiyot qismlari bozori nima sababdan yopilgani ma`lum qilindi

Iqtisodiyot 11.05.2020, 18:19
Toshkentdagi Farhod avtomobil ehtiyot qismlari bozori nima sababdan yopilgani ma`lum qilindi

Avvalroq internetda Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan Farhod avtomobil ehtiyot qismlari bozori ichidagi barcha xodimlari bilan yopilgani, tadbirkorlarning birida yuqori tana harorati kuzatilgani haqida xabar tarqalgan edi.Toshkent shahar IIBB bozor nima sababdan yopilganini ma`lum qildi.

Izohda aytilishicha, Farhod avtomobil ehtiyot qismlari bozori dezinfeksiya qilish va savdo joylarini sanitariya-epidemiologiya me`yorlariga muvofiqlashtirilishi uchun yopilgan. Tadbirkorlardan birining isitmasi borligi haqida tarqagan ma`lumot haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

Qayd etilishicha, ehtiyot qismlar bozorida har bir savdo joyi tegishli dezinfeksiya anjomlari bilan jihozlangandan so`ng bozor o`z ishini davom ettiradi.

Shuningdek, Uchtepa tuman hokimligi matbuot xizmati ham bozor tadbirkorlardan birida yuqori tana harorati aniqlangani sabab yopilganini rad etdi. Mazkur bozorda Sanitariya kuni e`lon qilganini bildirdi.

«Tegishli ishlar amalga oshirilganidan so`ng, avtomobil ehtiyot qismlari do`koni qayta ish boshlaydi», — deyiladi hokimlik xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1