1

Chinozda velosipedchi YTH qurboni bo`ldi

Jinoyat 12.05.2020, 13:05
Chinozda velosipedchi YTH qurboni bo`ldi

Joriy yilning 11 may kuni soat 20:30 larda, Toshkent viloyati, Chinoz tumani hududidan o`tgan «Toshkent-Dushanbe» avtomobil yo`lining 63-km.da haydovchi 1983 y.t. G`.M. “Isuzu SAZ NP 21” rusumli avtobusda Sirdaryo viloyatidan Yangiyo`l shahri tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida qarshisidan kelayotgan transport vositalari yoritgichlari yo`lni ko`rish imkoniyatini kamaytirgani sababli bir yo`nalishda velosipedda harakatlanib ketayotgan 1987 y.t. A.Sh.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, velosipedchi 1987 y.t. A.Sh. og`ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1