1

Amerika investisiya banki O`zbekiston qimmatli qog`ozlar bozoriga yo`llanma oldi

Iqtisodiyot 12.05.2020, 20:03
Amerika investisiya banki O`zbekiston qimmatli qog`ozlar bozoriga yo`llanma oldi

BLUESTONE investisiya banki O`zbekistonda o`z faoliyatini olib borish uchun lisenziyalar oldi. Bu haqda Kapital bozori agentligi xabar qildi.

O`zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Amerikaning “BLUESTONE FINANCIAL GROUP INC.” moliyaviy kompaniyasiga qimmatli qog`ozlar bozorida investisiya vositachisi, investisiya maslahatchisi va investisiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida professional faoliyatlarni amalga oshirishi uchun lisenziyalar berdi. 

Mazkur lisenziyalar BLUESTONE investisiya bankining O`zbekistondagi faoliyatini to`liq tartibga soladi, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1