1

Qashqadaryoda 11 ta valyuta ayirboshlash shaxobchalari ochilmoqda

Iqtisodiyot 13.05.2020, 12:56
Qashqadaryoda 11 ta valyuta ayirboshlash shaxobchalari ochilmoqda

Qashqadaryo viloyatida valyutani so`mga ayirboshlash borasida muammolar yuzaga kelayotgani haqida e`tirozlar bo`lgan. Xalq banki ushbu e`tirozlar bo`yicha quyidagilarni ma`lum qiladi.  

Qashqadaryo viloyatida bu kabi muammolar qayta yuzaga kelmasligi uchun Xalq bankining ushbu viloyatdagi filiallarida qo`shimcha valyuta ayirboshlash shaxobchalari ochilayotganini ma`lum qiladi.  Xalq banki Qashqadaryo viloyati Amaliyot bo`limida – 1 ta

Shahrisabz shahrida – 2 ta

Yakkabog` tumanida – 1 ta

G`uzor tumanida – 1 ta  

Kitob tumanida – 1 ta

Beshkent tumanida – 1 ta

Qamashi tumanida – 1 ta

Kasbi tumanida – 1 ta

Nishon tumanida – 1 ta

Muborak tumanida – 1 ta, jami 11 ta valyuta ayirboshlash shaxobchalari ochilmoqda.  

Bugungi kunda aholining salomatligini ta`minlash maqsadida valyuta ayirboshlash jarayonlarida foydalaniladigan naqd pullar belgilangan tartib-qoidalar asosida dezinfeksiya qilinib, so`ngra muomalaga chiqarilyapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1