1

Jonli ijroda konsert beradigan san`atkorlarga 50 foiz ijara imtiyozi beriladi

Madaniyat 26.05.2020, 22:59
Jonli ijroda konsert beradigan san`atkorlarga 50 foiz ijara imtiyozi beriladi

Bugun Shavkat Mirziyoev madaniyat va san`at sohasining jamiyatdagi o`rni va ta`sirini oshirish haqidagi PF-6000-sonli Farmonni imzoladi. Bu haqda xs.uz xabar berdi.

Farmonga ko`ra:

- davlat tasarrufidagi konsert va madaniyat saroylarida to`liq jonli ijro asosida o`tkaziladigan konsert dasturlari uchun ijara to`lovidan 50 foiz chegirma qilib beriladi;

- konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yig`im bekor qilindi;

- davlat organlari tomonidan o`tkaziladigan tadbirlarda konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar xizmat ko`rsatganda albatta yozma va haq evaziga tuziladigan shartnoma tuzilishi belgilandi;

- San`atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi tuzildi;

- Respublika qo`g`irchoq teatriga O`zbek Milliy qo`g`irchoq teatri nomi berildi;

- 2020 yil sentyabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi "ochiq eshiklar kuni" deb e`lon qilinib, o`sha kuni muzeylarga kirish bepul bo`ladi;

- 15 aprelni "Madaniyat va san`at xodimlari kuni" deb belgilash to`g`risida qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1