1

Belorusdagi minglab bolalarda koronavirusning yangi turi aniqlandi

Dunyo 02.06.2020, 15:48
Belorusdagi minglab bolalarda koronavirusning yangi turi aniqlandi

Belorusda 3 ming 600 bolada koronavirusning yangi turi aniqlandi, deb ma`lum qildi respublika sog`liqni saqlash vazirligining onalar va bolalarga tibbiy ko`maklashish bo`limi bosh mutaxassisi Tatyana Burd. Bu haqda O`z A  RIA Novosti muxbiriga tayanib xabar bermoqda. 

«Bugungi kunda Belorusda 3600 bola koronavirusga chalingani qayd etilgan», - dedi Burd. Uning ma`lumotlari milliy matbuot markazi saytida e`lon qilindi.

Mutaxassisning ta`kidlashicha, bolalarning 95 foizi infeksiyani amalda simptomsiz formada o`tkazmoqda. Biroq, o`rta og`ir ahvolda yotgan bolalar ham bor. «Odatda, bunday bolalar yana boshqa kasallik bilan ham og`rigan bo`ladi. Masalan, birlarida onkogematologik xastaliklar bo`lsa, boshqalarida semirib ketish bilan bog`liq muammolar bor. Lekin hozirgacha og`ir holat kuzatilmadi», - dedi Burd.

«Mamlakatda 62 ta chaqaloq koronavirusga chalingan ayollardan tug`ilgan, shunga qaramay, bolalarning barchasi sog`-salomat», – deydi sog`liqni saqlash vazirligi vakili.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1