1

Indoneziyada karantinni buzganlarga jazo sifatida koronavirusdan o`lganlarning jasadini ko`mish qo`llanilmoqda

Dunyo 02.06.2020, 16:35
Indoneziyada karantinni buzganlarga jazo sifatida koronavirusdan o`lganlarning jasadini ko`mish qo`llanilmoqda

Indoneziyaning Sharqiy Yava provinsiyasida odamlar ijtimoiy masofalanish qoidasiga amal qilishlari uchun qo`shimcha choralar ko`rilmoqda. Bu erda qoidabuzarlarga koronavirusdan o`lganlarning jasadini ko`mish yoki jamoat joylarini tozalash kabi jazolar qo`llanilmoqda. Bu haqda tarjumon.uz xabar bermoqda. 

Hozirda ushbu provinsiya koronavirus tarqalishi bo`yicha mamlakatda ikkinchi o`rinda turibdi.

Indoneziya hukumati apreldan boshlab jamoat joylarida niqob taqishni majburiy qilib qo`ygan va hududiy hukmatlarga bepul niqoblar tarqatish yuklangandi.Ammo,ko`pchilik odamlar bu qoidaga bo`ysunishmadi.Natijada,provinsiya rahbarlari qoidabuzarlarning “kovushini to`grilab qo`yish uchun” og`ir jazolarni qo`llashni boshladilar.

Sharqiy Yavadagi mahalliy hukumat odamlarning harakatini kuzatish va qoidabuzarlarni tozalash ishlariga jalb qilish uchun nazorat punktlarini o`rnatdi.

“Cheklovlarni bir martadan ko`p buzganlarni jazolashning yana bir usuli ularni COVID-19 sabab vafot etganlarni ko`mish jarayoniga jalb qilishdir.Bozorlarda niqob taqmagan sotuvchi va xaridorlar uylariga qaytarib yuboriladi” deydi hukumat vakili Fathul Huda.Indoneziyada 1 iyun kuni 28 kishi koronavirusdan vafot etdi va yana 467 kishi uni yuqtirib oldi.Bu bilan mamlakatda COVID-19ga chalinganlar 29 940 taga,qurbonlar soni 1641 taga etdi.Shu kuni Sharqiy Yavada 65 ta yangi holat qayd etildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1