1

Koronavirus pandemiyasi ortidan global oziq-ovqat inqirozi boshlanadimi?

Dunyo 02.06.2020, 19:37
Koronavirus  pandemiyasi  ortidan global  oziq-ovqat inqirozi boshlanadimi?

BMTning Oziq-ovqat dasturi prognoziga  ko`ra, koronavirus  pandemiyasi ortidan global oziq-ovqat inqirozi kutilmoqda. Dastur mutaxassislarining fikricha, 2020 yilda 265 million kishi ochlikdan aziyat chekadi – bu o`tgan yilgiga nisbatan ikki baravar ko`p degani, deb ma`lum qildi "O`zbekoziqovqatxolding" rasmiy kanali.

Sohadagi  boshqa    ekspertlar   esa  jahonda  oziq-ovqat  bilan  bog`liq vaziyat  inqirozdan uzoqda, deb  hisoblamoqda.

Aslida, so`nggi o`n yillikda global oziq-ovqat inqirozi xavfi mavzusi bir necha bor ko`tarilgan. Dastlab, ekspertlar aholi soni haddan tashqari tez o`sishi oziq-ovqat  etishmovchiligiga sabab  bo`lishidan ogohlantirdilar, buning ortidan esa oziq-ovqat ishlab chiqarish oqsashi kutildi.  Keyinchalik, iqlim o`zgarishi bilan bog`liq ehtimoliy  muammolar qo`shildi. Xususan,  yaqinda BMT  2050 yilga borib  iqlim o`zgarishi sababli  hosildorlik sezilarli darajada pasayishini bashorat qildi.

Umuman olganda, global qishloq xo`jaligida  ishlab chiqarish barqaror bo`lib  turibdi. So`nggi 10 yil ichida go`sht ishlab chiqarish hajmi  10 foizga   oshgan. Xuddi  shuningdek,  donli  mahsulotlar  etishtirish  hajmi   ham yildan-yilga  o`sib  bormoqda. Muhimi, oziq-ovqat  mahsulotlari narxi  nisbatan  barqaror darajada  saqlanib  turibdi.  Misol uchun,   AQSh birjalarida bugungi  kunda  bug`doyning narxi  1970 yildagi o`rtacha ko`rsatkichdan atigi 20 foizga qimmat. Inflyasiya hisobga olinsa, joriy  narxlar o`tgan  asrdagi ko`rsatkichlardan ikki baravar pastligi  anglashiladi.  

Qolaversa,  koronavirus pandemiyasi  tufayli global   joriy  etilgan  karantin choralari qishloq xo`jaligiga jiddiy ta`sir ko`rsatayotgani  yo`q. Xususan,   jahonning hech bir mamlakatida fermerlarning ishlashi va harakatiga jiddiy cheklovlar kiritilmagan. Biroq, meva va rezavorlarni ishlab chiqaruvchilarda ba`zi muammolar paydo bo`lishi mumkin (ushbu mahsulotlarni etishtirish va yig`ish  mashaqqatli va har doim ham mexanizasiyalashtirilmagan). Ko`pgina mamlakatlarda mazkur  soha ichki va xalqaro miqyosda muhojirlarning mehnatiga bog`liq bo`lib, karantin choralari ularga o`tib bo`lmaydigan to`siq qo`yishi mumkin.

O`z navbatida,  so`nggi 10-15 yil ichida asta-sekin, ammo barqaror ravishda global  oziq-ovqat ta`minoti ko`rsatkichlari  oshmoqda. Masalan,  guruchning global zaxiralari 2005 yilda 90 million tonna bo`lgan  bo`lsa,  2020 yil boshida ushbu  ko`rsatkich 150 million tonnaga chiqdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1