1

Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o`tkazish uchun ko`ngillilar tanlab olindi

Dunyo 03.06.2020, 09:39
Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o`tkazish uchun ko`ngillilar tanlab olindi

Rossiya mudofaa vazirligi COVID-19ga qarshi vaksinani klinik sinovdan o`tkazish uchun 50 nafar ko`ngillini tanlab oldi. Bu haqda harbiy muassasaga tayangan holda Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar berdi, deya yozdi O`zA.

Bu erda gap Rossiya Mudofaa vazirligining 48-Markaziy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan vaksina haqida bormoqda. Ko`ngillilarning birinchi guruhi institutga bugun – 3 iyun kuni etib keladi.

Rossiya mudofaa vazirligining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishda ishtiroki borasida aprel oyi boshlarida ma`lum qilingan edi. O`shanda ehtimoliy vaksinaning klinikkacha bo`lgan tadqiqotlari 1 iyunda yakunlanadi, deya ma`lum qilgan edi. Vaksinaning klinik tadqiqoti iyul oxirlarida yakunlanishi kutilmoqda.

22 may kuni RFA akademigi Aleksandr Ginsburgning xabar qilishicha, markaz xodimlari o`zlarida SARS-CoV-2 koronavirusga qarshi vaksinani sinab ko`rgan. Ulardan hech birida yomon ta`sir qayd qilinmadi, «hamma tirik, sog` salomat va xursand», dedi Ginsburg.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1