1

Parijda ham AQSh polisiya xodimlarining zo`ravonligiga qarshi namoyishlar bo`lib o`tdi

Dunyo 03.06.2020, 15:34
Parijda ham AQSh polisiya xodimlarining zo`ravonligiga qarshi namoyishlar bo`lib o`tdi

Parij ko`chalarida 2 iyun kuni polisiya xodimlarining zo`ravonligiga qarshi keng ko`lamli namoyishlar bo`lib o`tdi.

Mahalli OAV yozishicha, Adolat saroyi yonida kuni kecha 20 mingga yaqin fuqaro to`plandi.

Hukumat ruxsatisiz tashkil etilgan tadbir 2016 yilda Parij ko`chalaridan birida polisiya tomonidan o`ldirilgan 24-yoshli qora tanli fuqaroning o`limiga bag`ishlandi.

Yig`ilganlar polisiya vakillariga qarata “Biz sizlardan nafratlanamiz, adolat talab qilamiz” kabi xayqiriqlar bilan murojaat qildilar.

Namoyishchilarning asosiy qismini yoshlar, hamda “sariq nimchalilar” harakatining vakillari tashkil qilardi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1