1

Dunyoda qancha jurnalist koronavirusdan vafot etgani ma`lum qilindi

Dunyo 03.06.2020, 15:59
Dunyoda qancha jurnalist koronavirusdan vafot etgani ma`lum qilindi

Uch oy ichida 31 ta mamlakatdan 127 jurnalist koronavirus tufayli vafot etgan. Bu haqda O`z A qarorgohi Jenevada joylashgan Press Emblem Campaign (PEC) jurnalistlar assosiasiyasi tomonidan tarqatilgan ma`lumotga tayanib xabar berilmoqda. 
PEC ma`lumotlariga ko`ra, 1 martdan to 31 maygacha 127 jurnalist COVID-19 bilan kasallanib vafot etgan. Ularning uchdan ikki qismi o`zlarining kasbiy burchini bajara turib hayotdan ko`z yumgan. Pandemiya faqat may oyining o`zida 72 jurnalistning yostig`ini quritdi. 

«OAV xodimlari yangi virusga qarshi kurashda muhim rolni bajarmoqda. Ular kasallikning tarqalishi haqida axborot berishi kerak. Qurbon bo`lgan jurnalistlarning ayrimlari o`z ishini bajarayotgan chog`da kerakli himoya vositalarini topa olmagani uchun vafot etgan», - dedi PEC bosh kotibi Bleyz Lempen.


Eng ko`p o`lim holati Lotin Amerikasi mintaqasida qayd etilgan. Peruda 15 jurnalist koronavirusdan ko`z yumdi. Braziliya va Meksikaning har birida 13 nafardan qalam ahli vafot etgan. AQShda koronavirusdan vafot etgan jurnalistlar soni 12 kishini tashkil etadi. Rossiyada koronavirus infeksiyasidan 5 jurnalist o`lganligi aytilmoqda.

Xabarda ta`kidlanishicha, jurnalistlar orasida o`lim holatlarining haqiqiy manzarasi bundanda ayanchliroq bo`lishi mumkin. Chunki, qurbon bo`lgan jurnalistlarning barchasi COVID-19 bo`yicha testdan o`tkazilgani uchungina ma`lum bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1