1

Kanada Bosh vaziri Putinning G7 sammitida ishtirok etishiga qarshi chiqdi

Dunyo 03.06.2020, 16:21
Kanada Bosh vaziri Putinning G7 sammitida ishtirok etishiga qarshi chiqdi

Kanada Bosh Vaziri Jastin Tryudoning ta`kidlashicha, Rossiya xalqaro qoidalarni hurmat qilmay kelayotgan davlatdir va buni shundayligicha qoldirib bo`lmaydi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo AQSh Prezidenti Donald Trampning Rossiyani AQShda bo`lib o`tadigan G7 sammitiga taklif qilish haqidagi g`oyasini qat`iyan rad etdi. U bu haqda National Post gazetasiga ma`lum qilgan.

Tryudo o`z navbatida 2014 yildagi Qrim anneksiyasini va Rossiyaning shu munosabat bilan gurhdan chiqarib yuborilganini esga olgan. Kanada Bosh Vazirining so`zlariga ko`ra, o`sha vaqtdan buyon ko`p narsa o`zgarmagan va Rossiya hamon xalqaro maydondagi vayron qiluvchi kuchdir.

«Rossiya bir necha yil oldin Qrimni bosib olganidan keyin «Katta ettilik» tarkibidan chiqarib yuborilgan. Va u xalqaro qoidalar va qoidalarga hurmatsizlikni davom ettirdi, bu esa uning ochiqchasiga G7 ramkasidan tashqarida ekanligini anglatar edi. Rossiya o`zgargani yo`q va u hamon bizning chegaralarimizdan tashqaridadir», deydi u. (Matn Reuters ga iqtibosan keltirilmoqda).

Ma`lumki, biroz muddar oldin Tramp Rossiyani G7 sammitiga taklif qilishni rejalashtirayotganini e`lon qildi. Sammitda Rossiyadan tashqari, prezidentning fikriga ko`ra, Hindiston, Avstraliya va Janubiy Koreya ham qatnashishi mumkin. Bundan tashqari, Amerika etakchisi ishtirokchi davlatlar uchrashuvini kamida sentyabrgacha qoldirishni niyat qilganini aytdi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 1-iyun, dushanba kuni Tramp Rossiya etakchisi bilan bo`lgan telefon orqali muloqot chog`ida chog`ida Rossiyani sammitga taklif qilish g`oyasini ma`lum qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1