1

Toshkentda davolanayotgan samarqandlik homilador ona va uning 4 yoshli bolasi sog`aydi. Koronavirusni yana 45 bemor engdi

Jamiyat 03.06.2020, 16:50
Toshkentda davolanayotgan samarqandlik homilador ona  va uning 4 yoshli bolasi sog`aydi. Koronavirusni yana 45 bemor engdi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, bugun poytaxtdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasidan 29 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, 3-sonli tug`ruq majmuasidan 5 nafar, jami 43 nafar bemor sog`aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.

 Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasidan sog`ayganlarning 6 nafari Namangan viloyatidan, 5 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Samarqand viloyatidan, Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 4 nafardan, Farg`ona, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 25 nafari erkak, 4 nafari ayol bo`lib, eng yoshi kattasi 61 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

 Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari Xorazm viloyatidan, 3 nafari Samarqand viloyatidan, Qoraqalpog`iston Rspublikasi va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 5 nafari ayol bo`lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

 3-sonli tug`ruq majmuasida tuzalganlarning 4 nafari Samarqand viloyatidan bo`lib, ona va bola (homilador ona 25 yoshda va bolasi 4 yoshda) hamda  2 nafar homilador ayol. Qolgan 1 nafari (27 yoshli ayol) esa Xorazm viloyatidan.

 Toshkent shahrida shu paytga qadar 1127 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 1170 nafarga etdi.

 Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar 3004 nafarga etdi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1