1

“Ganga” avtomobil ko`prigida ettita avtomobil ishtirokidagi sodir etilgan YTH bo`yicha izoh berildi

Jamiyat 03.06.2020, 17:13
“Ganga” avtomobil ko`prigida ettita avtomobil ishtirokidagi sodir etilgan YTH  bo`yicha izoh berildi

Shayxontohur tumanida yo`l-transport hodisasi ro`y berganligi haqidagi Internet tarmog`ida tarqalgan xabarlar Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan o`rganib chiqildi. 

Joriy yilning 2 iyun kuni soat 19:00 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sebzor va Abdulla Qodiriy ko`chalari kesishmasidagi “Ganga” avtomobil ko`prigida aniqlanmagan “Cobalt” avtomobili keskin to`xtagani sababli etti nafar bir yo`nalishda harakatlangan avtomobillar masofa saqlamaganliklari tufayli to`qnashdilar, ya`ni:

1) 38 yoshli Otabek N. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;

2) 28 yoshli Azizjon M. Boshqargan Spark avtomobili;  

3) 24 yoshli Shoxruh boshqaruvidagi Nexia avtomobili;  

4) 43 yoshli Turkiya fuqarosi Byulent T. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;  

5) 34 yoshli Zafar M. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;

6) 25 yoshli Sobitjon E. boshqargan Toyota avtomobili;

7) 29 yoshli Sirojiddin T. boshqargan Malibu avtomobili;

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo`q. YTHning barcha ishtirokchilariga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Barcha yo`l harakati qatnashchilaridan yo`llarda harakatlanganda ehtiyotkor bo`lishlarini, o`zlari va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini, haydovchilar oraliq masofani saqlab yurishlarini so`rab qolamiz.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1