1

Surxondaryoda ukalarining yonini olish uchun urishgan “mushtumzo`r” raqibini pichoqladi

Jinoyat 04.06.2020, 15:12
Surxondaryoda ukalarining yonini olish uchun urishgan “mushtumzo`r” raqibini pichoqladi

Surxondaryoda 2020 yil 2 iyun kuni soat 12:30 da fuqaro 23 yoshli A.X., Termiz tumanning “Xalqobod” mahallasidagi bog`da ishlovchi Angor tumanida yashovchi 20 yoshli S.X. bilan ukalari 21 yoshli va 18 yoshli Z.A.larni himoya qilish bahonasida  urishadi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Janjal davomida A.X yonida bo`lgan oshxona pichog`i bilan S.X., ning chap biqin sohasiga bir marta sanchib, unga tan jarohati etkazgan.

Oqibatda S.X., Termiz shahridagi RShTYoIM SFning 1-jarrohlik bo`limiga yotqizilgan.

Sudga oid tibbiy ekspertiza xulolasiga ko`ra, S.X.,ga hayot uchun xavfli bo`lgan “og`ir” tan jaroxati etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.X.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1