Rahbarlari propiskaga iltimosnoma kiritadigan tashkilotlar yana 5 taga ko`paydi

Jamiyat 04.06.2020, 20:43
Rahbarlari propiskaga iltimosnoma kiritadigan tashkilotlar yana 5 taga ko`paydi

Hukumatning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro`yxatiga quyidagilar kiritildi:

• Energetika vazirligi;

• “O`ztransgaz” AJ;  

• “Hududgazta`minot” AJ;

• “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ;

• “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1