1

Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat 04.06.2020, 23:42
Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rildi. 

Ohangaron shahar hokimi Odiljon Jo`raev lavozimidan ozod etildi. 

Ohangaron shahri hokimi lavozimiga Eshonqulov Akrom Eshonqulov tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmat ma`lum qildi. 

Akrom Eshonqulov 1976 yil 16 fevralda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida tug`ilgan. G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi - iqtisodchi.

U mehnat faoliyati davomida davlat boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda, jumladan Toshkent viloyati hokimligi axborot tahlil guruhi rahbari, Ohangaron tumani hokimining birinchi o`rinbosari - shahar hokimi, Ohangaron tumani hokimi v.v. b lavozimida ishlagan.

Akrom Eshonqulov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Vazirlar Mahkamasi Respublika bo`ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`limining Olmaliq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo`yicha bosh mutaxassisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1