1

Vazir Bosh prokurordan Sirdaryoda shifokorlarni ommaviy kaltaklaganlarni qattiq javobgarlikka tortishni so`radi

Jamiyat 05.06.2020, 13:08
Vazir Bosh prokurordan Sirdaryoda  shifokorlarni ommaviy kaltaklaganlarni qattiq javobgarlikka tortishni so`radi

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi sharoitida barcha soha qatori sog`liqni saqlash tizimi xodimlari ham o`z burchiga vijdonan yondashib, zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarni sidqidildan bajarib kelayotganligini hammamiz ko`rib turibmiz. Ayniqsa, fidoyi va zahmatkash shifokorlarimiz  koronavirusga qarshi hayot-mamot kurashida qat`iy va sobit turib, qahramonlarcha amalga oshirayotgan ishlari o`z samarasini bermoqda.  Biroq, ana shunday qiyin vaziyatda ham ba`zi bir fuqarolarimiz tibbiyot xodimlariga nisbatan tajovuzkor harakatlar sodir etishayotgani juda achinarli va buni hech qanaqasiga oqlab bo`lmaydigan holatdir.

Avval ma`lum qilganimizdek,  joriy yil 4 iyun kuni soat 00:14da Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani “G`alaba” mahallasida yashovchi fuqaro A.B. tomonidan “oyoqda jarohat” shikoyati bilan tez tibbiy yordam shaxobchasiga chaqiriq bo`ladi. Tez tibbiy yordam shaxobchasi jamoasi “tez yordam” mashinasida 7 daqiqa ichida, ya`ni soat 00:21da chaqiriq bo`yicha manzilga etib kelgan.

Lekin tibbiyot xodimlari o`z xizmat vazifalarini bajarish uchun mashinadan tushishlari bilan shu erda bo`lgan bir guruh mast holdagi kishilar tomonidan hech qanday sababsiz shifokor va feldsherga tashlanib, ularni ayovsiz kaltaklashgan. Natijada, 28 yoshli shifokor J.O. “Bosh miya chayqalishi, o`ng qosh sohasi yirtilgan jarohati, o`ng qovoq sohasi gematomasi, ko`krak sohasi yumshoq to`qimalari lat eyishi” tashxisi bilan, 44 yoshli feldsher V.N. esa “Bosh miya chayqalishi, yuz sohasi, chakka sohalari yumshoq to`qimalarining lat eyishi, o`ng qo`l kaft suyagi asosidan yopiq sinish” tashxisi bilan Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez yordam bo`limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sog`liqni saqlash vaziri O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga murojaat yo`lladi. Unda yuqorida qayd etilgan holatni nazoratga olgan holda, aybdor shaxslar qattiq javobgarlikka tortilishini ta`minlashda amaliy yordam so`raldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1