Qarshida neonatal inkubator erta tug`ilgan etti nafar chaqaloqning bexatar o`sishiga yordam berdi

Jamiyat 05.06.2020, 14:08
Qarshida neonatal inkubator erta tug`ilgan etti nafar chaqaloqning bexatar o`sishiga yordam berdi

Qarshidagi neonatologlarning bilim va ko`nikmalarini oshirishga Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi tomonidan taqdim etilgan zamonaviy neonatal inkubator uch oydan buyon yordam bermoqda. Bu haqda Darakchi.uz ga O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

2 martdan buyon viloyat perinatal markazida o`rnatilgan ushbu innovasion uskuna turli darajadagi erta tug`ilish tashxisi qo`yilgan etti nafar chaqaloqning bexatar o`sib olishiga yordam berdi. Ushbu tashabbus sog`liqni saqlash sohasining, ayniqsa mintaqalardagi mutaxassislari tomonidan ilg`or texnika va eng zamonaviy asbob-uskunalarni mukammal o`zlashtirib, amaliyotga joriy qilishini ko`zda tutuvchi Milliy palataning keng qamrovli loyihasini amalga oshirishdagi birinchi qadam bo`ldi. Shu bilan birga, turli xil yondoshuvlarni, jumladan neonatologiya bo`limida bolalar o`limini kamaytirish uchun muhim omil bo`lmishushbu jihozni bevosita qo`llash rejalashtirilmoqda.

Loyihani amalga oshirishda turli hamkorlar - klinikalar va ilmiy-tadqiqot institutlaridan tortib sarmoyadorlar va ishlab chiqaruvchilargacha ishtirok etmoqda. Milliy palataning bu galgi hamkori Toshkentda yangi tug`ilgan chaqaloqlarni boqish uchun Evropa sifat standartlariga muvofiq EcoLa 3000 inkubatorlarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`ygan «Medical Quality Service» kompaniyasidir. Muddatidan avval tug`ilgan chaqaloqlar hayotini saqlab qolish uchun qulay va xavfsiz mikro muhitni yaratilishi kerak. Ushbu vazifani inkubatorlar bajaradi, ulardan foydalangan holda yangi tug`ilgan chaqaloqlarning tana haroratini, chaqaloq atrofidagi kerakli namlik va kislorod darajasini saqlab turish imkoni mavjud bo`ladi.

Kompaniya rahbari Vidmantas Kachkus ishchi uchrashuvda ta`kidlashicha, yangi avlod uskunalari ichki haroratni mustaqil ravishda sozlash, jumladan atrof-muhit va o`rnatilgan harorat o`rtasidagi farqni taqqoslash va mos ravishda isitish quvvatini o`zgartirishda «inson omilini» deyarli yo`q qiladi. Inkubatorning zamonaviy elektron qo`shimchasihar bir qismning haroratini nazorat qilish imkonini beradi, bu haroratni boshqarish tizimini yangi darajaga olib chiqadi. Haroratning o`zgaruvchanligi 0,2 °C gacha kamaytirilgan, bu esa bugungi kun yutu-i ekanligini amaliyot tasdiqlab turibdi.

Biroq, texnikani takomillashtirishning o`zietarli emas, mutaxassislar uning imkoniyatlaridan mohirona foydalana olishlari ham kerak. Bu esa loyihaning har bir bosqichidagi Milliy palataning tanlovini belgilaydi - sog`liqni saqlash sohasi mutaxassislariga turli mamlakatlarda qo`llanib kelingan professional bilim va ko`nikmalarning navbatdagi bosqichini o`zlashtirish uchun sharoit yaratish. Tug`ishga ko`maklashish va yangi tug`ilgan chaqaloqlar parvarishi sohasida bu alohida muhimdir.

«Neonatologlarning zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanishdagi professionalligi natijasi, birinchi navbatda, bolalarning saqlab qolingan hayoti va sog`lig`i misolida yaqqol ko`zga tashlanmoqda, buni bo`rttirilgan deya baholash mumkin emas. Mamlakat rahbariyati va fuqarolari tomonidan bu sohagahamisha alohida e`tibor qaratib kelingan», - dedi Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi raisi Rovshan Izamov loyiha hamkorlari bilan uchrashuvda.

Loyiha sinov tariqasidaQashqadaryo viloyatida boshlandi, chunki mahalliy tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish Milliy palataning ustuvor yo`nalishlaridan biridir. Har bir viloyatda loyihalarni o`z hududida amalga oshirilishini nazorat qiluvchi hududiy bo`linmalar mavjud. Xususan, Qarshida inkubatordan foydalanish to`g`risidagi ma`lumotlar Milliy palataning hududiy bo`linmasi direktori Shoira Nabieva tomonidan tahlil qilib boriladi. Tahlillarga ko`ra, inkubator yordam bergan ettita chaqaloqdan uchtasi 3-darajali chala tug`ilganlik tashxisi bilan olib kelingan va har bir bunday holat bolaning yashab qolishi uchun katta xavf tug`diradi.

Zulfizar Rajabovaning yangi tug`ilgan o`g`li mazkur tashxis bilan 31 martdan 14 aprelgacha – 15 kun davomida ushbu inkubatorda parvarishlandi. Chaqaloq 970 gramm vaznda va 34 santimetr uzunlikda tug`ilgan edi. So`ngra uni yangi tug`ilgan chaqaloqlar patologiyasi bo`limiga o`tkazildi hamda 17 aprel kuni u 1 kg 450 gr og`irlikdaqoniqarli holatda o`z uyiga javob berildi. Bundan tashqari, bu kabi bolalar yashash joyida shifokorlar nazoratiga olingan. Uch oylik faoliyati davomida zamonaviy inkubator Nargiza Qodirovaning may oyida dunyoga kelgan egizak qizlariga ham yordam berdi. Kichkintoylardan biriga ikkinchi darajali, ikkinchisida - birinchi darajali chala tug`ilganlik tashxisi qo`yilgan.

Zamonaviy uskunalar, shubhasiz, katta imkoniyatlar bermoqda. Biroq, yangi avlod tibbiy uskunalari qanchalik mukammal bo`lmasin, u faqat uning barcha afzalliklaridan qanday foydalanishni tushunadigan mutaxassislar qo`lidagina muvaffaqiyatli ishlaydi. O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasining loyihasi ana shunday professionallikni oshirishga qaratilgan. Zamonaviy inkubatorning afzalliklari Qashqadaryo viloyat perinatal markazi neonatal reanimasiya bo`limi boshlig`i, neonatolog Radha Qurbonova boshchiligida mutaxassislar tomonidan amalda baholanmoqda.

«Muddatidan erta tug`ilgan bolalarda uchta asosiy muammo mavjud: issiqlikni ushlab turish qobiliyati etishmovchiligi, ovqatlanish bilan bog`liq muammolar, kasalliklar, ayniqsa infeksiyalar yuqtirib olishning yuqori xavfi, - deydi u. – Muddatidan avval tug`ish natijasida tug`ilgan, vazni kam va tana tizimlarining nomukammalligi bo`lgan bolalar chala tug`ilgan deb hisoblanadi. Tana vazni 500 g dan ortiq bo`lgan va 22 xaftalik homiladorlikdan o`tgan bunday chaqaloqlar o`z vaqtida perinatal o`limni kamaytirish imkoniyati mavjud bo`lgan tibbiy nazorat ostida bo`lishi, inkubatorda yotishi va maxsus parvarish ostida bo`lishi zarur».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1