Qirg`izistonda 5 iyundan ichki reyslarga, 25 iyundan yozgi lagerlarga ruxsat berildi

Dunyo 05.06.2020, 16:24
Qirg`izistonda 5 iyundan ichki reyslarga, 25 iyundan yozgi lagerlarga ruxsat berildi

Kecha Qirg`iziston Respublikasining tezkor shtab-kvartirasi 5 iyundan mintaqalar o`rtasida ichki reyslar va transportni, shuningdek, 25 iyundan yozgi lagerlarni yo`lga qo`yishga qaror qildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

“Kabar” Qirg`iziston Milliy  axborot agentligining xabariga ko`ra, Qirg`iziston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari Kubatbek Bo`ronov tegishli davlat va mahalliy hokimiyat organlari tekshirish algoritmini aniq amalga oshirish va zarur sanitariya choralariga rioya etilishini nazorat qilishga tayyor bo`lishlari kerakligini ta`kidladi. 

– Jamoat tarnsportida, yo`lovchilarda barcha saniatariya xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya qilinishi kerak. Niqoblarni kiyish, qo`nish paytida haroratni o`lchash majburiydir. Avtobus va mikroavtobuslarda odam tashish xavfsiz bo`lishi kerak. Biz barcha insonlar hamma sanitariya me`yorlariga rioya qilgan holda harakat qilayotganiga amin bo`lishimiz kerak, – dedi Kubatbek Bo`ronov transport va yo`llar vazirligiga tegishli ko`rsatmalar berib.

Bosh vazirning birinchi o`rinbosari Bishkek yuqumli kasallik xavfi yuqori bo`lgan markaz bo`lib qolishini va muhim holatlarsiz poytaxtga tashrif buyurish tavsiya etilmasligini ta`kidladi.

 4 iyun holatiga ko`ra, Qirg`izistonda 1 ming 899 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. 1 292 nafari tuzalib, 20 nafari vafot etgan.      

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1