1

8 iyundan «sariq» va «yashil» hududlarda jamoat transportidan avtobus harakatlariga ruxsat berildi

Jamiyat 05.06.2020, 19:23
8 iyundan «sariq» va «yashil» hududlarda jamoat transportidan avtobus harakatlariga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasining axboroti e`lon qilindi. Unga ko`ra joriy yilning 8 iyunidan — «sariq» va «yashil» hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo`nalishlari bo`yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi. 

Damas, mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno.

Jamoat transporti faoliyatini qayta tiklashda quyidagi talablarga qat`iy rioya qilish talab etiladi:

avtokorxona tomonidan transport vositasini har bir qatnov oldidan va oxirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda to`liq dezinfeksiya qilish;

haydovchi tibbiy niqob va qo`lqoplar bilan ta`minlash hamda ularning muntazam ravishda o`z vaqtida almashtirib borish choralarini ko`rish;

avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo`lovchilarni kiritish.

Transport vazirligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari mas`ul xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ushbu talablarga rioya etilishi nazoratga olinadi.

Shu o`rinda mamlakatimizda hali karantin cheklovlari bekor qilinmaganligini inobatga olgan holda jamoat transportida harakatlanish vaqtida yo`lovchilardan karantin talablariga qat`iy amal qilish va ijtimoiy masofani saqlashga e`tibor qaratish so`rab qolinadi. O`z navbatida jamoat transportida karantin talablarini buzish tegishli ma`muriy javobgarlikka sabab bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1