1

Yangi o`quv yilida ham onlayn ta`lim davom etadimi?

Jamiyat 05.06.2020, 19:53
Yangi o`quv yilida ham onlayn ta`lim davom etadimi?

Xalq ta`limi tizimida onlayn ta`lim berish faoliyatini yanada takomillashtirish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi e`lon qilindi.  Unga ko`ra, 2020/2021 yilgi o`quv mavsumida onlayn darslarni davom ettirish va takomillashtirish ko`zda tutilgan.

 Loyihada aytilishicha, onlayn maktabni davom ettirish taklifi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan berilgan. Vazirlar mahkamasi tomonidan ushbu taklifga rozilik bildirilgan. Yangi o`quv yili uchun videodarslarni tasvirga olish ishlari joriy yilning avgustidan boshlanadi.

«online-maktab» loyihasini amalga oshirish bilan bog`liq xarajatlar Xalq ta`limi sohasidagi islohotlarga ko`maklashish jamg`armasining tizimni raqamlashtirishga yo`naltirilishi rejalashtirilgan mablag`lar hisobidan qoplanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1