Bosh prokuratura Sirdaryodagi shifokorning kaltaklanishi yuzasidan Sog`liqni saqlash vaziri murojaatiga javob qaytardi

Jamiyat 05.06.2020, 20:50
Bosh prokuratura Sirdaryodagi shifokorning kaltaklanishi yuzasidan Sog`liqni saqlash vaziri murojaatiga javob qaytardi

Joriy yilning 4 iyun sanasi Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo`limiga qarashli «Birlashgan» tez tibbiy yordam shoxobchasi navbatchi vrachi va navbatchi feldsheri kaltaklangani haqida avval xabar bergan edik.

Shu mnosabat bilan Vazir Bosh prokurordan Sirdaryoda shifokorlarni ommaviy kaltaklaganlarni qattiq javobgarlikka tortishni so`radi.

Bosh prokuratura Sirdaryodagi shifokorlarning kaltaklanishi yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirining qilgan murojaatiga javob qaytardi. Avvalo prokuratura munosabatida Sayxunobod tumani tibbiyot xodimlarini kaltaklanishi bilan bog`liq voqealarning tafsilotlarini keltirilgan.

Izohda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi TG tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilib, natijasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi («Bezorilik») 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Jinoyat ishi bo`yicha asosiy gumondor prosessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Bayonotda mazkur voqelikka oid ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Sog`liqni saqlash vaziri shifokorlarga qilinayotgan tajovuzlar bo`yicha Bosh prokuraturaga avval ham murojaat qilingani, biroq muammo hal etilmagani mazmuni aks etgan xabarlarga ham to`xtalib o`tilgan.

Ta`kidlanishicha, bunday ma`lumotlar hech qanday asosga emas. Nafaqat shifokorlarga, balki har bir fuqaroga qilingan tajovuz, ularning sog`lig`i yoki mulkiga qaratilgan har qanday noqonuniy xatti-harakatlar qonun doirasida hal qilib kelinmoqda. Shunday ekan, bu borada qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligi ta`minlanishida shubhaga o`rin yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1