Bugun O`zbekistonda koronavirusdan kunlik tuzalish ko`rsatkichi rekord natijani qayd etdi

Jamiyat 05.06.2020, 22:51
Bugun O`zbekistonda koronavirusdan kunlik tuzalish ko`rsatkichi rekord natijani qayd etdi

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, bugun yana 20 nafar bemor shifo topib, bugunning o`zida 160 nafar bemor sog`aydi hamda kunlik sog`ayish ko`rsatkichlari bo`yicha rekord natija qayd etildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Eng muhimi, tajribali va fidoyi shifokorlarimiz matonat bilan koronavirusga qarshi kurashmoqdalar va buning natijasi – shifo topayotgan fuqarolarimizning ko`lami, o`lim ko`rsatkichning esa o`ta pastligida namoyon bo`lmoqda.

Yuqorida aytib o`tganimizdek, ayni soatlarda Navoiy viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 4 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar, jami 20 nafar bemor sog`aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.

Navoiyda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (12 nafari Zarafshon shahridan, Xatirchi va Nurota tumanlaridan 1 nafardan). Ulardan 10 nafari erkak, 4 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi 2 yoshda. Ushbu viloyatda endilikda sog`ayganlar soni 110 nafarga etdi.

Samarqandda tuzalganlarning ham barchasi ushbu viloyatdan (Jomboy, Urgut, Narpay va Pastdarg`om tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 40 yoshda, yoshi kichigi 24 yoshda. Ushbu viloyatda endilikda sog`ayganlar 318 nafarga etdi.

Andijon viloyatida tuzalganlarning 2 nafari ham erkak bo`lib (50 yoshli va 32 yoshli) ushbu viloyatdan (Izboskan va Baliqchi tumanlaridan 1 nafardan). Ushbu viloyatda endilikda sog`ayganlar soni 177 nafarga etib, 1 nafar bemor davolanmoqda va koronavirusdan xoli hudud bo`lishga juda yaqin turibdi.

Shunday qilib, bugun kun davomida 160 nafar bemor tuzalib, avvalgi kunlarga nisbatan rekord marra zabt etildi. Endilikda mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog`ayganlar 3247 nafarga etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1