1

“Xitoy – Qirg`iziston – O`zbekiston – Turkmaniston” yo`nalishida tranzit tashuvlari muvafaqqiyatli amalga oshirilmoqda

Jamiyat 06.06.2020, 09:42
“Xitoy – Qirg`iziston – O`zbekiston – Turkmaniston” yo`nalishida tranzit tashuvlari muvafaqqiyatli amalga oshirilmoqda

Davlatimiz rahbarining bevosita topshiriqlariga asosan mamlakatimiz bo`ylab ishonchli transport va tranzit yo`laklarini izchil shakllantirish masalalariga bugun alohida e`tibor qaratilmoqda. Zero, barqaror faoliyat yurituvchi transport - kommunikasiya tizimi mamlakat iqtisodiyotini yuqori sur`atlarda rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda barcha transport turlarining imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda multimodal tashuvlari orqali yuklarni eng qisqa masofa bo`ylab, optimal narxlarda belgilangan manziliga etkazib berishni tashkil etish hozirgi pandemiya sharoitida tobora dolzarb masala bo`lib qolmoqda.   

Bugun, 5 iyun kuni Xitoyning Lanchjou shahridan 25 ta 40 futli konteynerlarda eksport yuki ortilgan poezd “Lanchjou – Qashg`ar – Irkeshtom – O`sh – Andijon –  Toshkent – Mari” yo`nalishida multimodal tranzit tashuvni amalga oshirish uchun yo`lga chiqdi.

Mazkur yo`nalish bo`ylab multimodal yuk tashuvlarini yo`lga qo`yish «O`zbekiston – Qirg`iziston – Xitoy» avtomobil koridori imkoniyatlaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlarning natijasidir. 

Eslatib o`tamiz, “Lanchjou – Qashg`ar – Irkeshtom – O`sh – Andijon –  Toshkent – Mari” yo`nalishi bo`ylab ilk multimodal tranzit yuk tashuvi joriy yilning may oyida amalga oshirilgan edi. Yo`nalish bo`ylab yuk tashuvi “temir yo`l transporti – avtomobil transporti – temir yo`l transporti” sxemasida tashkil etilgan edi. Ilk jarayonning o`ziyoq «O`zbekiston – Qirg`iziston – Xitoy» avtomobil koridori imkoniyatlari nihoyatda katta ekanligini namoyish etdi.

Boshqa davlatlar yuklarini jalb qilgan holda bu kabi multimodal tashuvlarni tashkil etish bir nechta davlatlarning xalqaro transport va savdo tizimlariga muvaffaqiyatli integrasiyasiga xizmat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1