1

Qozog`istonda kuchli zilzila kuzatildi

Dunyo 06.06.2020, 11:22
Qozog`istonda kuchli zilzila kuzatildi

Qozog`istonning Olma-Ota viloyatida bugun tongda ro`y bergan er qimirlashi kuchi 6,2 ballga teng bo`ldi. Shuningdek, tabiiy hodisa Toldiqo`rgon viloyati markazi hamda janubiy poytaxt Olma-Ota shahri aholisini ham yaxshigina bezovta qilgan. 

Favqulodda vaziyatlar mintaqaviy departamenti matbuot xizmati xabariga ko`ra, qurbon bo`lganlar yoki jabrlanganlar yo`q. Idora vakilining aytishicha, er mahalliy vaqt bilan 06.10 da silkinishni boshlagan.

"Zilzila o`chog`i Olma-Ota shahridan 244 km shimoli-sharqda, Eskeldi tumaniga qarashli tog`li hududda qayd etildi. Bu galgi tabiat hodisasining energetik sinfi 12.2, MPV magnitudasi 6.2 ballni ko`rsatdi", — deyiladi rasmiy xabarda.

Er qimirlashiga sabab bo`lgan nuqta 25 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1