Bu yil Xalqaro islom akademiyasiga qabul yangi tartibda o`tadi

Jamiyat 06.06.2020, 12:22
Bu yil Xalqaro islom akademiyasiga qabul yangi tartibda o`tadi

“O`zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o`qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Vazirlar Mahkamasi qarori (PQ-358-son, 5.06.2020 y) qabul qilindi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Qaror bilan 2020/2021 o`quv yilidan boshlab O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalavriatiga o`qishga kirishga hujjat topshirgan abiturientlar uchun dastlabki imtixondan o`tish tartibi joriy etiladi.

Dastlabki imtixonni o`tkazish jadvali Akademiya qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va uni o`tkazish boshlanishidan kamida 10 kun avval Akademiyaning internet jahon axborot tarmog`idagi rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Dastlabki imtixon Akademiya negizida zarur texnik, tibbiy va boshqa sharoitlarni yaratgan holda o`tkaziladi. Bino va auditoriyalar xavfsizlik talablari, jumladan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga to`liq javob berishi shart.

Dastlabki imtixon natijalari asosida abiturientlarni kirish imtixonlarining keyingi bosqichlariga (kasbiy (ijodiy) imtixon va test sinovlari) o`tkazish yoki o`tkazishni rad etish to`g`risida tegishli qaror qabul qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1