1

Buyuk Britaniya razvedkasi sobiq rahbari:”Koronavirus Uxan labaratoriyasidan kelib chiqqan bo`lishi mumkin”

Dunyo 06.06.2020, 13:23
Buyuk Britaniya razvedkasi sobiq rahbari:”Koronavirus Uxan labaratoriyasidan kelib chiqqan bo`lishi mumkin”

Buyuk Britaniya razvedkasini 2004 yilgacha boshqargan Ser Richard Derlav koronavirus pandemiyasi Xitoyning Uxan shahridagi labaratoriyadan tasodifan kelib chiqqan bo`lishi mumkinligini aytmoqda. Bu haqda torjumon yozmoqda.

Derlav “Daily Telegraph” gazetasiga bergan intervyusida koronavirusning kelib chiqqan joyi oldin taxmin qilinganidek Uxandagi yovvoyi hayvonlar bozori emas, balki bu shahardagi labaratoriya ekanligini ta`kidlagan. U bu fikrlarini britaniyalik va norvegiyalik tadqiqotchilarning bahs munozarlarga sabab bo`lgan o`rganishlariga tayanib bayon qilgan.

Uxanda “Uxan kasalliklarni nazorat qilish markazi” va “Uxan virusologiya instituti” deb ataluvchi ikkita labaratoriya mavjud bo`lib,ular oldin ko`rshapalaklar va koronavirus ustida tadqiqotlar olib borishgan.Virus kelib chiqqan shaharda bu ikki labaratoriyaning mavjudligi COVID -19 inson xatosi mahsuli ekanligi borasidagi shubhalarni ilgari surishga sabab bo`ldi. Ushbu taxminlarga ko`ra,koronavirus tekshiruvlar jarayonida tasodifan mahalliy aholi orasiga etib borgan.

Koronavirus labaratoriyadan kelib chiqqani haqidagi nazariyalarni AQSh prezidenti Donald Tramp ham qo`llab quvvatlagan. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo esa virusning inson tomonidan yaratilgan kasallik ekaniga “katta asoslar” mavjudligini ta`kidlagan.

Ammo, dunyo bo`ylab ko`plab olimlar bu taxminlarni qoralashgan va bir qancha ilmiy nashrlarda bosilgan tadqiqotlarda bu qarashlar rad etilgan. Masalan,Britaniyaning tibbiyotga oid “The Lanset” jurnalida bosilgan tadqiqot natijalarida aytilishicha,koronavirusga chalingan dastblabki 41 kishidan 27 tasining ushbu kasallikni yovvoyi hayvonlar bozoridan yuqtirib olganligini aniqlashga muvaffaq bo`lingan. Bu esa virusning kelib chiqishida inson omili rol o`ynamagan degan dastlabki nazariyalarni asoslaydi.

Buyuk Britaniya hukumati ham koronavirus labaratoriyadan kelib chiqqaniga hech qanday asos yo`q ekanligini ta`kidlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1