1

Toshkentda koronavirus aniqlanayotgan tumanlar ma`lum qilindi

Jamiyat 06.06.2020, 15:13
Toshkentda koronavirus aniqlanayotgan tumanlar ma`lum qilindi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i, epidemiolog Nurmat Otabekov Toshkentda koronavirus aniqlanayotgan tumanlar haqida ma`lum berdi...

"Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 4 ming 22 nafarga etdi.

Toshkent shahrining Shayxontohur, Yunusobod, Yashnobod, Mirobod tumanlarida koronavirus kasalligiga chalinish holatlari aholi orasida qayd etilyapti.  

Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 4 ming 22 nafarga etdi. Shifoxonalarda 759 bemor davolanmoqda,  

 10 nafarining ahvoli og`ir,  

 3 nafarining ahvoli o`ta og`ir.  

49 mingdan ko`proq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan. Kuni kecha 16 mingdan ko`proq laboratoriya tekshiruvlari o`tkazilgan.

O`zbekistonda koronavirus kasalligi bo`yicha epidemik vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. 5 iyun kuni qayd etilgan  

20 bemorning  

 6 nafari Samarqand viloyatida,  

 5 nafari Buxoro viloyatida va yana  

 5 nafari Toshkent viloyatida,  

 4 nafari Qashqadaryo viloyatida aniqlangan. Ularning  

7 nafari aholi orasida qayd etilgani barchamizni sergak torttirishi kerak.

Oxirgi aniqlangan 15 bemorning 3 nafari Toshkent shahri aholisi orasida qayd etildi. Shunday qilib, Toshkent shahrining  

Shayxontohur,  

 Yunusobod,  

 Yashnobod,  

Mirobod tumanlarida koronavirus kasalligiga chalinish holatlari aholi orasida qayd etilyapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1