1

Prezident Toshloq tumani hokimi va soliq boshqarmasi boshlig`ini ishdan oldi

Jamiyat 06.06.2020, 15:30
Prezident Toshloq tumani hokimi va soliq boshqarmasi boshlig`ini ishdan oldi

Faoliyatida sustkashlikka yo`l qo`ygan Toshloq tumani hokimi va soliq boshqarmasi boshlig`ini vazifasidan ozod etish bo`yicha ko`rsatma berildi.

Shavkat Mirziyoev ishtirokida Farg`ona shahrida viloyat va tuman hokimlari, soha va  tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari bilan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Mamlakatimizda kambag`allikni qisqartirish, odamlarni ish bilan ta`minlash, daromadini oshirish bo`yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Yig`ilishda bu borada Farg`onada ham keng ko`lamli sa`y-harakatlar boshlangani, viloyatdagi 43 mingdan ziyod oilani yil yakuniga qadar kambag`allikdan chiqarish maqsad qilingani qayd etildi.

Tadbirda Bosh vazir o`rinbosarlari, vazirlar, iqtisodiyot tarmoqlari mutasaddilari, hokimlar hisoboti eshitildi.

Faoliyatida sustkashlikka yo`l qo`ygan Toshloq tumani hokimi va soliq boshqarmasi boshlig`ini vazifasidan ozod etish bo`yicha ko`rsatma berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1