1

Adliya vazirligi yana bir muhim masalada halqaro hamkorlik boshladi

Jamiyat 06.06.2020, 18:00
Adliya vazirligi yana bir muhim masalada halqaro hamkorlik boshladi

Joriy yil 5 iyunda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining O`zbekistondagi vakolatxonasi (GIZ) rahbari Yorg Pudelka bilan videokonferensiya shaklida O`zbekistonda ma`muriy tartib-taomillar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo`yicha istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.  Bu haqda Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limixabar bermoqda. 

Videokonferensiyada mutaxassislar hamkorlarga Adliya vazirligiga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni bilan ilg`or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida ma`muriy tartib-taomillar sohasini takomillashtirish bo`yicha yuklatilgan qo`shimcha vazifalar xususida ma`lumot berdi.

Yorg Pudelka vazirlik tomonidan GIZning “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka ko`mak berish” dasturi doirasida ilgari surilgan tashabbusini har tomonlama qo`llab-quvvatlashini bildirdi.  

Shuningdek, O`zbekistonda mediasiya institutini rivojlantirish va davlat organlari yuridik xizmatlari faoliyatini takomillashtirish bo`yicha hamkorlikdagi tadbirlar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar 2020 yilning II yarim yilligi va 2021 yilga mo`ljallangan qo`shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, xususan, ma`muriy tartib-taomillar sohasidagi me`yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ekspertlar muhokamalarini o`tkazish va tegishli me`yorlar qabul qilingach tushuntirish ishlarini olib borish, mediasiya va davlat boshqaruvi sohalarida ta`lim seminarlari tashkil etishga kelishdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1