1

«Mediapark» va «O`rikzor» bozori xodimlarida yana virus aniqlandi, Namangan IIB xodimi, Buxoroda yo`l quruvchisi kasallik yuqtirgan

Jamiyat 06.06.2020, 18:44
«Mediapark» va  «O`rikzor» bozori xodimlarida yana virus aniqlandi, Namangan IIB xodimi, Buxoroda yo`l quruvchisi kasallik yuqtirgan

Bugun Toshkent shahrida yana aholi orasida 3 nafar fuqaroda — Shayxontohur tumanidagi «Media Park» savdo majmuasining yana 2 nafar xodimida koronavirus aniqlangan. Bu haqda SSV xabar bermoqda. 

Kecha, 5 iyun kuni qayd etilgan kasallanish holatlari esa 68 ta bo`lib, ulardan 17 nafari — aholi orasidan aniqlangan.

️Jumladan, Toshkent shahridagi Olmazor tumanida nafaqadagi fuqaroda, Uchtepa tumanidagi «O`rikzor» savdo majmuasida yana bir do`kon sotuvchisi va uning 5 nafar oila a`zosi (onasi, ikki nafar qizi, o`g`li va jiyani)da koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

 Aynan «O`rikzor» savdo majmuasida o`tgan may oyi davomida yuk tashuvchi bo`lib ishlagan, so`ngra doimiy yashash manzili Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumaniga qaytgan fuqaro va uning 3 nafar oila a`zosi (2 nafar akasi va qizi)da  ham ushbu kasallik aniqlandi.

Toshkent viloyati infeksiya aniqlangan fuqarolarning 1 nafari — Oqqo`rg`on tumanidan bo`lib, harorati ko`tarilgan va namuna topshirgan. Yana bir holat esa Qibray tumanida yashovchi fuqaroda qayd etilgan. U Yunusobod bozorida ziravorlar savdosi bilan shug`ullanib kelgan.

 Bundan tashqari, Namangan viloyati Ichki ishlar hamda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yo`l qurilish idorasi xodimi (tana harorati ko`tarilgan va shifokor maslahati asosida tahlil topshirgan)da ham koronavirus tasdiqlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1