1

Xitoy koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqarishga va`da berdi

Dunyo 07.06.2020, 13:13
Xitoy koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqarishga va`da berdi

Bu haqda Xitoyning fan va texnologiyalar vaziri Vang Jigang ma`lum qildi.  

Uning ta`kidlashicha, emlash sinovlari davom etmoqda, bunda xavfsizlik, samaradorlik va foydalanish imkoniyati kabi parametrlarga ustuvorlik beriladi.

 “Butun dunyo vaksinani ishlab chiqish bo`yicha birlashishi kerak”, – degan u.

May oyida, Xitoy 2575 ko`ngillilarda besh xil koronavirus vaksinalarini muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazganini e`lon qildi. Hozirgi vaqtda mamlakatda adenoviral vektor asosida bitta rekombinant vaksina va to`rtta inaktivasiya qilingan vaksina mavjud. Qo`llanish xavfsiz deb tan olingan.

Koronavirusning yangi turi tufayli kelib chiqqan COVID-19 2019 yil dekabr oyida Xitoyning Uhan shahrida qayd etilgan.

 Dunyoda 6,8 milliondan ortiq koronavirusga chalinganlar aniqlangan. Ulardan 398 ming nafari vafot etgan, 3 milliondan ortig`i davolangan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1