1

"Archa ko`cha"dagi ommaviy pichoqbozlik nimadan kelib chiqqani ma`lum bo`ldi

Jinoyat 08.06.2020, 22:46
"Archa ko`cha"dagi ommaviy pichoqbozlik nimadan kelib chiqqani ma`lum bo`ldi

Avvalroq Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo`lida (Archa ko`cha) yoshlar o`rtasida janjal yuzaga kelib, ommaviy pichoqbozlik bo`lgani, oqibatda ikki nafar yigit yaralanib, shifoxonaga etkazilgani va ulardan biri vafot etgani haqida xabar qilingandi. 

Bosh prokuratura matbuot xizmati "Darakchi"ga ma`lum qilishicha, 2020 yil 05 iyun kuni sodir etilgan ommaviy (9 kishi) pichoqbozlikda vafot etgan yigit 1997 yilda tug`ilgan M.E. bo`lib, u Samarqand viloyatida tug`ilgan. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida ro`yxatda turib, vaqtincha Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashagan. Shifoxonaga yo`lovchi avtomashinasida o`ng ko`krak qafasida teshib kiruvchi sanchilgan-kesilgan jarohat bilan olib kelingan. 

Aniqlanishicha, asli buxorolik bo`lgan D.M. (1993 y.t.) biznes hamkori B.R. (1998 y.t.) bilan Uchtepa tumani joylashgan «5+» nomli dorixonadan tushadigan daromad yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida o`zaro janjallashib kelgan.

5 iyun kuni soat 18:30larda D.M. o`ziga raqobatchi hisoblagan B.R.dan qutilish maqsadida pichoq bilan qurollanib,  3 nafar tanishi bilan til biriktiradi, so`ngra raqibi B.R. va u bilan birga kelgan 4 nafar o`rtoqlari bilan (ular orasida marhum M.E. bo`lgan - tahr.) Shayxontoxur tumanida uchrashadi.

Jamoat joyida yuzaga kelgan to`qnashuv davomida D.M. o`zi bilan olib kelgan pichoq bilan M.E.ning ko`krak sohasiga bir marotaba urib, hayoti uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohati etkazadi. M.E. esa o`zini himoya qilib, unga faol qarshilik ko`rsatadi va hodisa joyidan yashirinadi. Afsuski, shifoxonada ko`rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etadi. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atdi. 

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi o`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi tomonidan olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1