1

"San`at va ijodni chegaralamaslik kerak!" Madaniyat vazirligi "Sho`rdonak"chilarni uzr so`rattirib chiqilganiga munosabat bildirdi

Madaniyat 09.06.2020, 18:10
"San`at va ijodni chegaralamaslik kerak!" Madaniyat vazirligi "Sho`rdonak"chilarni uzr so`rattirib chiqilganiga munosabat bildirdi

Avvalroq, IIV YHXBB Axborot xizmati tomonidan "Hazilning tagi "zil" bo`lmasin" deb nomlangan video tarqaldi.Unda, "Sho`rdanak" va “Qalpoq” hajviy guruhlarining IIV xodimlari haqida qilingan yumoristik roliklar uchun kechirim so`ragani aks etgani ommalashmoqda, shu bilan birga madaniyat vaziriga ham feysbuk ijtimoiy tarmog`i orqali “So`z ustalari xuddi yomon ish qilib qo`ygandek, boshini ham qilib uzr so`rayapti. Agar kimnidir shaxsiyatiga tegishgan bo`lsa, IIV sudga bersin. Ular o`z ishini qilgan! Yumor qildi, kuldirdi. Endi, vrachlar, o`qituvchilar, traktorchilar chiqadimi, "biz haqimizda askiya qilmang!". "Vazirlik komissiya tuzib o`rgansin. Axir har ikki sahna asari badiiy to`qimaku? Xulosasini IIVga bersin! Madaniyat vaziridan jo`yali javob kutamiz” kabi murojaatlar Madaniyat vaziriga ochiq yo`llandi.

Madaniyat vazirligi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, vazirlik vaziyat yuzasidan "Sho`rdanak" hajviya guruhining vakili bilan suhbatda bo`lganida, bu masala yuzasidan fikr bildirishni ular istamadi.  

Shu bilan birga, Madaniyat vazirligi hajviya, satira, askiya borasida san`at va ijodni chegaralamaslikni ma`qullaydi. Yillar davomida hajviya orqali jamiyatdagi muammo va illatlarni yo`q qilishga qaratilgan, bu yo`l orqali turli soha yo`nalishlarini isloh qilishga ham ko`maklashilgan. Bu xuddi jurnalist va blogerlarning bir muammoni olib chiqib, uni hal etilishiga qaratilgan mavzularga o`xshaydi. Shunday ekan, unda nima uchun bu hazillar o`rinli qabul qilinmaydi-, degan savollar ham yo`q emas.  

Agar xajviya biron bir shaxsga tegishli bo`lib, uni kamsitilishiga qaratilgan bo`lsa, Madaniyat vazirligi bunday ijodlarni qo`llab-quvvatlamaydi. Zero, hox xajviya, hox drama, askiya hamda satira orqali jamiyatdagi illatlarni da`volashga qaratilgan mavzular yoki voqealar namoyon etilsa, uni hech narsa bilan yo`q qilib bo`lmaydi.  

Tarixga bir nazar solsak, o`zbek hajviy adabiyoti sermazmun tarixga egadir. Hajv, satira-voqelikni aks ettirishning alohida g`oyaviy-badiiy prinsipi sifatida barcha sivilizasiyalashgan xalqlar adabiyoti, shu jumladan o`zbek xalqining ham og`zaki va yozma ijodlarida qadimdan katta o`rin olib kelgan. Ijtimoiy illatlarning kulgili tanqidi bo`lgan satira o`zbek xalq ijodida ham keng tarqalgan edi. Nasriddin afandi, Aldar ko`sa kabi to`qima obrazlar hajviy, milliy qahramonlar o`z zamonasining illatlarini xalq orasida askiyalar va xajviyalar bilan namoyish etishgan. Qadimdan xalqni ichida hajviya, satira, askiya kabi yumoristik ijodlar keng tarqalib, ommalashgan.  

Xullas, madaniyat va san`at sohasida cheklovlar qo`yilsa, u hech qachon rivojlanmaydi, deyiladi vazirlik munosabatida.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1