1

Olimlar diabetga qarshi vaksinani muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazishdi

Salomatlik 10.06.2020, 12:03
Olimlar diabetga qarshi vaksinani muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazishdi

Shvesiya va Finlyandiyadan bir guruh olimlar birinchi turdagi diabet rivojlanishiga ta`sir ko`rsatadigan viruslar guruhiga qarshi vaksinani ishlab chiqdi va muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o`tkazdi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Yangi vaksina enteroviruslar oilasiga kiradigan Koksaki virusining oltita shtammidan himoya qiladi.

Odatda Koksaki virusi qichishish, tana haroratining ko`tarilishi, diareya bilan kuzatiladi. Ayrim hollarda virus meningit va miokarditni keltirib chiqaradi.

«Ko`plab ilmiy kuzatuvlarga ko`ra, Koksaki virusi birinchi turdagi diabetni rivojlantirishi mumkin. Ushbu kasallikda oshqozon osti bezi insulin to`qimalariga autoimmun hujum kuzatiladi», — deyiladi xabarda.

Olimlar bir nechta kemiruvchilarda tajribalar o`tkazdi. Tajribalar vaksina emlangan sichqonlarni birinchi turdagi diabetdan himoya qilganini ko`rsatdi. Hozirda olimlar guruhi ko`ngillilar ishtirokida vaksinani insonlarda sinab ko`rishni rejalashtirmoqda.

Agar vaksina insonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazilsa, olimlar kelgusida uni birinchi turdagi diabetga nasliy moyilligi bo`lgan bolalarga nisbatan qo`llashni rejalashtirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1