Foizsiz avtomashina olib berishni va`da qilib, O`zbekiston bo`ylab 500ga yaqin odamdan pul yig`volgan yana bir MChJ egalari qo`lga olindi

Jinoyat 11.06.2020, 07:40
Foizsiz avtomashina olib berishni va`da qilib, O`zbekiston bo`ylab 500ga yaqin odamdan pul yig`volgan yana bir MChJ egalari qo`lga olindi

Yana bir foizsiz bo`lib to`lashga avtomashina olib beruvchi MChJ faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Aniqlanishicha, 2019 yil may oyidan 2019 yil sentyabr oyiga qadar E.I., va boshqalar bilan birga uyushgan guruh manfaatlarini ko`zlab qonunga xilof ravishda Jizzax shahrida joylashgan “ALMAZ SUPER AVTO” MChJni ta`sis qilib, fuqarolarning mulkini egallash maqsadida avtotransport vositalarini foizsiz 2 va 5 yil muddatga pulini bo`lib to`lash sharti bilan fuqarolarga olib berishni va`da qilishgan. Ular faoliyatini reklama qiluvchi flayerlarni MChJda tashkil qilingan tariflar turiga qarab 2.625.000 so`mdan 9.100.000 so`mgacha sotib, o`zining zimmasidagi majburiyatni OAV va internet tarmog`i orqali yangi jalb qilingan Andijon, Farg`ona va Namangan filiallarida shartnoma tuzilgan jami 446 nafar mijozdan qabul qilingan 3.125.604.413 so`m pullardan 1.626.055.000 so`m pullarni MChJ hisob raqamiga kirim qilib, qolgan 1.499.549.413 so`m pullarni kirim qilmasdan fuqarolarga avtomashina olib bermasdan o`zganing juda ko`p miqdordagi mulkini firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha olib borilgan tergov harakatlari yakuniga ko`ra, E.I., ga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1881-moddasi 3-qismi “a,v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 189-moddasi 1-qismi bilan, E.Q. va D.X., larga JKning 1881-moddasi 3-qismi “a,v” bandi, 189-moddasi 1-qismi bilan ayb e`lon qilinib, E.I., ga nisbatan “qamoqqa olish”, E.Q. va D.X., larga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Tergov davomida jabrlanuvchilarga etkazilgan 3.125.604.413 so`m moddiy zararning 1.110.000.000 so`mi undirilgan. Jinoyat ishi tegishli tartibda sud muhokamasiga yuborilgan, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1