my5

Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari hibsga olindi

Dunyo 02.08.2020, 10:39
4153
Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari hibsga olindi

Qozog`iston Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari Oljas Abishev hibsga olingan, deb xabar beradi "Yangi O`zbekiston" Tengrinews.kz muxbiriga tayanib.

"Qozog`iston Respublikasi Moliya vazirligining moliyaviy monitoring qo`mitasi, Qozog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari O. Abishevning iqtisodiy tergov xizmati xodimlari tomonidan byudjet mablag`larini o`zlashtirishda gumon qilinib hibsga olinganligi faktini tasdiqlaydi", - deyiladi xabarda.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qozog`iston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq, sudgacha tergov ma`lumotlari oshkor qilinmaydi.

Oljas Abishev 2018 yilda sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari etib tayinlandi. U raqamlashtirish va axborot xavfsizligi masalalari uchun mas`ul edi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari Alik Shpekbaev ikki vazirlikning yuqori lavozimli amaldorlariga qarshi jinoiy ishlar ochilganini aytgan edi.

Шарҳлар