my5

Saytlarni buzib kirish, virusli dasturlar tarqatish uchun qanday javobgarlik bor?

Hi-tech 02.08.2020, 18:46
515
Saytlarni buzib kirish, virusli dasturlar tarqatish  uchun qanday javobgarlik bor?

So`nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda saytlarni buzib kirish, virusli dasturlar tarqatish kabi holatlar haqida xabarlar ko`paydi.

Kiber jinoyatlar, ya`ni birovning bank kartasidagi pullarni o`zlashtirish va boshqalar ayniqsa pandemiya vaqtida jiddiy muammolardan biriga aylandi.  

Huquqiy axborot kanali ma`lum qilishicha Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik ko`zda tutilgan.

Jumladan, ushbu kodeksning 278⁵-moddasiga ko`ra, o`zganing kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):

3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 66 mln 900 ming so`mdan 89 mln 200 ming so`mgacha miqdorda jarima;  

2 yilgacha ozodlikni cheklash;

2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.  

Shuningdek, mazkur harakatlarni guruh bo`lib, takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etish 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolashga sabab bo`lishi mumkin.

Шарҳлар