my5

Turkiyada "Jaloliddin Manguberdi" serialining suratga olish ishlari boshlandi

Madaniyat 03.08.2020, 15:13
868
Turkiyada "Jaloliddin Manguberdi" serialining  suratga olish ishlari boshlandi

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko`ra "O`zbekkino" milliy agentligi bilan hamkorlikda Turkiyada "Jaloliddin Manguberdi" serialining  suratga olish ishlari boshlandi.  

Agentlik Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Turkiyaning "Bo‘zdag‘ film" studiyasi tomonidan suratga olinayotgan ko`p qismli film rejissyori Mehmet Bo`zdag`, ssenariy muallifi Nazar Eshonqul. 

Hozirda Turkiyaning Aksaray viloyati hududida suratga olinayotgan serial uchun maxsus tarixiy dekorasiyadan iborat pavilon qurilgan. 

Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi. 

Shuningdek, bir qator o`zbekistonlik aktyor va aktrisalar  Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo`ja Rasulov,  Rayhon Ulasenova, Ra`no Shodieva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabovalarning ham rol ijro etishi kutilmoqda.

Serialning ilk mavsumi 13-qismdan iborat.

 

 

 

Шарҳлар